date

Toshkentda +17 daraja iliq bo‘ladi

Toshkentda +17 daraja iliq bo‘ladi
O‘zbekistonda 26-noyabr kuni havo o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar beradi O‘zgidromet. Toshkentda kunduzi harorat +15-17° darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 3-5° iliq bo‘ladi.

Eng iliq ob-havo Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi, bu yerda kunduzi harorat +20°S gacha yetishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida esa kechasi harorat -3° dan +2° gacha bo‘lgan biroz sovuq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning ayrim hududlarida, xususan, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida tuman kuzatilishi ehtimoli bor. Hududlarning ko‘p qismida sharqiy yo‘nalishda esayotgan shamolning tezligi 7-12 m/s atrofida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda +17 daraja iliq bo‘ladi