
Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtiano Ronaldo Irlandiyaga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani sabab bir o‘yindan chetlatildi. Rasmiy qarorga ko‘ra, u Armaniston bilan bo‘ladigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Bu holatga qaramay, Ronaldo jahon chempionati saralash bosqichining 1-turida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Uning diskvalifikatsiyasi faqat bitta o‘yinga tatbiq etilgani Portugaliya uchun ijobiy holat sifatida baholanmoqda.
Irlandiyaga qarshi о‘yinda olingan qizil kartochka terma jamoa uchun kutilmagan yo‘qotish bo‘ldi. Shunga qaramay, murabbiylar jamoa taktik rejalarini Ronaldosiz o‘yinga moslashtirish ustida ishlamoqda.
Portugaliya terma jamoasi Armanistonga qarshi bahsni Krishtianosiz o‘tkazadi. Biroq jahon chempionati yo‘lidagi muhim o‘yinlarda uning qaytishi jamoa uchun katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.