21:41 / 29.12.2017
4 683

Sport jurnalistlari yilning eng yaxshi sportchilarini aniqlab berishdi

Спорт журналистлари йилнинг энг яхши спортчиларини аниқлаб беришди
Tennischilar Rojer Federer va Serena Uilyams Sport matbuoti Xalqaro uyushmasi (AIPS) talqiniga ko‘ra, 2017 yilning eng yaxshi erkak va ayol sportchilari deb tan olinishdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Federer 19,94 foiz to‘pladi. Yakunlangan mavsumda u “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi ikkita musobaqa – Avstraliya ochiq chempionati va Uimbldonda g‘olib bo‘ldi.

Federer “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (16,94 foiz) va “Barselona” hujumchisi Lionel Messini (11,39 foiz) ortda qoldirdi.

Serena Uilyams (13,99 foiz) esa 2017 yilda Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib bo‘ldi. Ayol sportchilar orasida 2-o‘rinni vengriyalik suzuvchi Katinka Xossu (13,56 foiz), 3-o‘rinni amerikalik yuguruvchi Elisson Feliks egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sport jurnalistlari yilning eng yaxshi sportchilarini aniqlab berishdi