18:39 / 04.07.2018
3 180

Pikford: “Kolumbiyaliklarning penalti tepishini o‘rganib chiqdim”

Пикфорд: "Колумбияликларнинг пенальти тепишини ўрганиб чиқдим"
Angliya terma jamoasi darvozaboni Jodan Pikford jamoasining JCH-2018 1/8 final bosqichida Kolumbiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirib o‘tdi. Penaltilar seriyasida Pikford Karlos Bakkaning zarbasini qaytara oldi.

«Men Kolumbiya terma jamoasi bo‘yicha tadqiqotlar olib bordim. Ularning penalti tepishini o‘rgandim. Har doimgidan boshqa zarba yo‘llagan futbolchi bu – Falkao.

Ideal holatda biz penaltilar seriyasigacha g‘alaba qozonmoqchi edik, lekin muxlislarimiz va vatanimiz uchun xursandmiz. Ertadanoq Shvetsiyaga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz», - deydi Pikford ITV efiriga.

Angliya bilan Shvetsiya terma jamoalari 1/4 finalda uchrashishadi. Ushbu bahs 7 iyul kuni Samara shahrida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pikford: “Kolumbiyaliklarning penalti tepishini o‘rganib chiqdim”