11:27 / 21.10.2018
4 037

Superligada kimlar oʻynaydi yoki oʻzimizni aldamaylik...

Superligada kimlar oʻynaydi yoki oʻzimizni aldamaylik...
Superligada kim oʻynaydi, nechta klub oʻynaydi, Pro-Liga nima boʻladi? Bu borada har birimizning oʻz fikrimiz, oʻz haqiqatimiz bor. Va ular albatta bir-biridan farq qiladi.

Superligada jamoalar sonining 12 tagacha qisqartirilganiga sabab faqatgina Superligani odambashara qilish emas, balki Pro-Ligani ham kuchaytirish boʻlgan. Bitta haqiqat bor, agar Pro-Ligada sogʻlom raqobat boʻlmas ekan, Superliga oldinga qadam tashlamaydi.

Tez kunlarda klublar uchun professionallik maqomini beruvchi yoʻriqnoma ishlab chiqiladi. Bu futbol jamoalari uchun oyna vazifasini bajarib berishi kerak. Yaʼni, har qanday klub unga qarash orqali oʻzining qanday ekanini koʻrib olsin va tushunsinki, u qaysi liganing jamoasi. Kimda kamchilik boʻlsa, shu yoʻriqnoma asosida ishlasin va oʻz orzusi uchun kurashsin.

PFL yoʻriqnomani oʻz qarichlari bilan oʻlchamaydi, albatta. Bunda OFK talablari oʻz ifodasini topadi, shartnomalar masalasi FIFA talablari asosida boʻladi. Professional klub maqomini olgan klublar soliqlar masalasida imtiyozlarni qoʻlga kiritadi. Bunda Superliga uchun, Pro-Liga uchun, 2-liga uchun alohida meʼyorlar boʻladi. Shuningdek, professional futzal klub, professional ayollar klubi, professional bolalar klubi degan tushunchalar boʻladi. Aytaylik, “Ardus” degan jamoa faqat futzalga ixtisoslashgan, u PFL talablari boʻyicha faoliyat olib boradi va uning musobaqalarida bemalol qatnashadi. Kimgadir kattalar futboli umuman qiziq emas, futbol maktabi boʻlishini istaydi. Marhamat!

Hozircha ayrim klublarning oynaga qarashini quyidagi rasm toʻla ifodalab bersa kerak. Shunchaki oʻzimizni aldamasligimiz kerak.

Manba: interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada kimlar oʻynaydi yoki oʻzimizni aldamaylik...