17:44 / 01.11.2018
4 475

Hasanboy Do‘smatov haqida film suratga olindi

Hasanboy Do‘smatov haqida film suratga olindi
“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasida “Hasanboy Do‘smatov” nomli ikki qismli hujjatli film suratga olindi.

31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda yangi filmning katta ekrandagi ilk namoyishi o‘tkazildi.

Filmda bokschi Hasanboy Do‘smatovning Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi olimpiadadagi g‘alabasi haqida hikoya qilinadi.

Premerada yangi asarni suratga olishdan maqsad yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning inson hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berishdan iboratligi aytib o‘tildi.

Film rejissyori Raisa Roldugina, ssenariy muallifi Dilfuza Turdiboyeva, operator Behzod Qodirov.

Hasanboy Do‘smatov 2016 yili Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi olimpiya o‘yinlari, 2015, 2017 yilgi Osiyo chempionati, 2013 yilgi jahon yozgi universiadasi g‘olibi sanaladi. Shuningdek, u 2017 yilda Hamburgda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionati va Jakartada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov haqida film suratga olindi