19:12 / 30.11.2018
2 895

«Lokomotiv» va «Paxtakor»da yirik g‘alaba, «Buxoro» so‘nggi turda ham yutqazdi

«Lokomotiv» va «Paxtakor»da yirik g‘alaba, «Buxoro» so‘nggi turda ham yutqazdi
O‘zbekiston chempionatining 32-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

«Navbahor» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qildi va yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. «Temiryo‘lchilar» safida Sardor Rashidov dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Kaxi Maxaradze muallif bo‘ldi.

Parallel kechgan bahsda «Paxtakor» Toshent derbisida «Bunyodkor» bilan kuch sinashdi. «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvda Tiago Bezerra xet-trik qayd etgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Igor Sergeyev jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

Yana bir o‘yin Bekobodda bo‘lib o‘tdi. Unda «Metallurg» Zafar To‘rayevning yagona goli evaziga «Buxoro»ni taslim etdi.

Superliga, 32-tur

«Navbahor» – «Lokomotiv» 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar:
0:1 – 10 Rashidov, 0:2 – 54 Rashidov, 0:3 – 90+2, penalti Maxaradze.

«Navbahor»: Akbar To‘rayev, Igor Golban, Oston O‘runov, Ayubxon No‘’monov (Sherzod Karimov, 70), Azizbek Turg‘unboyev, Ilhom Boydedayev, Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Ro‘zimboy Ahmedov, Davron Hoshimov (Xojiakbar Yunusov, 64), Muzaffar Abdullayev

«Lokomotiv»: Ma’mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Nikolay Pogrebnyak (Sergey Proxorov, 63), Sardor Rashidov (Idris Bikmaykin, 86), Aziz Omonov (Farrux Ibrohimov, 72), Diyorjon Turopov

Ogohlantirishlar: Aliboyev 18, Pogrebnyak 36, Abduxoliqov 86.

«Paxtakor» – «Bunyodkor» 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 5 Bezerra, 2:0 – 44 Bezerra, 3:0 – 83 Bezerra, 4:0 – 90+1 Sergeyev.

«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets, Sherzod A’zamov, Xojiakbar Alijonov, Dilshod Rahmatullayev (Vladimir Kozak, 76), Jaloliddin Masharipov, Jasur Yaxshiboyev (Igor Sergeyev, 63), Ismoil Gonsalvesh (Jamshid Iskanderov, 82), Dragan Cheran, Tiago Bezerra

«Bunyodkor»: Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Dilshod Jo‘rayev, Javlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov, Mirjahon Mirahmadov, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov (Jahongir Abdusalomov, 84), Mirjamol Qosimov (Dilshod Ahmadaliyev, 71), Azizbek Haydarov.

«Metallurg» – «Buxoro» 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
1:0 – 41 To‘rayev.

«Metallurg»: Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Zabihillo O‘rinboyev, Islombek Isoqjonov, Davron Umirov, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Bahodir Pardayev (Muhammad Isayev, 61), Abror Xusinov, Zafar To‘rayev, Pavel Smolyachenko

«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Salamat Qutiboyev, Shavkat Salomov (Anvar Jo‘rayev, 60), San’at Shixov, Artyom Filiposyan, Rabbim Hasanov, Rahmatullo Berdimurodov, Mirjalol Jumayev, Javohir Qahramonov (Shahboz Erkinov, 46), Aziz Ibragimov

Zaxira: Asilbek Omonov, Rahmon Ochilov, Behruz Shodmonov, Akobir To‘rayev, Suhrob Ne’matov, Mirfayz Muhiddinov

Ogohlantirishlar: To‘rayev 7, Salomov 26, Filiposyan 28, Ismatullayev 28

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» va «Paxtakor»da yirik g‘alaba, «Buxoro» so‘nggi turda ham yutqazdi