17:27 / 04.02.2019
3 409

PFL yangi mavsum uchun uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi

PFL yangi mavsum uchun uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi matbuot xizmati 2019 yilgi O‘zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi.

2019 yilgi Superliga, Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o‘zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o‘z hodimlari ro‘yxati kiritilgan arizani 4 fevral kunidan 17 fevralgacha O‘zPFL elektron pochtasi ([email protected])ga jo‘natishlari talab etiladi.

Akkreditatsiyaga ariza berish namunasi va talablari bilan O‘zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo‘limidagi «Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi» faylini ko‘chirib olish orqali tanishish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 2013 yilda O‘zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berish jarayonida e’tibor qaratiladigan jihatlar batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.

Qayd etish joiz, akkreditatsiya sportga ixtisoslashgan internet-nashrlari hodimlariga nashrning O‘zbekiston qonunchiligiga asosan rasman ro‘yxatdan o‘tganligi va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo‘lishiga qarab berilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlab o‘tamiz, 2019 yilgi mavsum uchun barcha turdagi akkreditatsiya kartalari faqat O‘zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL yangi mavsum uchun uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi