O‘zbekiston Superligasi 4-turida "Lokomotiv" klubi o‘z maydonida AGMK futbolchilarini qabul qildi va o‘yinni o‘z foydasiga hal etdi.
Uchrashuvda hisobni mehmonlar hujumchisi Zafar Polvonov 4-daqiqadayoq ochishga erishdi. Shundan keyin maydon egalari katta kuch bilan oldinga bordi va 43-daqiqada muvozanatni tenglashtirdi. Gol muallifi Temur xo‘ja Abduxoliqov. Oradan ikki daqiqa o‘tib Islom To‘xtaxo‘jayev burchakdan oshirib bergan to‘pni darvozaga boshi bilan aniq nishonga olib jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yin oxiriga qadar ushbu hisob o‘zgarmadi va "Lokomotiv" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Sosa Sola Superliga 4-tur
"Lokomotiv" – AGMK 2:1
Gollar: Zafar Polvonov 3, - 0:1. Temurxo‘ja Abduxoliqov 43, - 1:1. Islom To‘xtaxo‘jayev 45, - 2:1.
"Lokomotiv" - Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev, Arslonmurod Amanov (Azizbek Amonov, 46), Husniddin G‘ofurov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
AGMK - Akbar To‘rayev, Akmal Shorahmedov, Dilshod Jo‘rayev, Boburbek Yuldashev, Saydullo Rahmatov, Mirolyub Kostich (Sardor Rahmonov, 46), Murodbek Toshmatov (Kamron Saidazimov, 46), Mirjamol Qosimov (Jasur Hakimov, 70), Zohir Pirimov, Jasur Hasanov, Zafar Polvonov.
Ogohlantirish: Boburbek Yuldashev 27. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi