17:30 / 20.04.2019
2 668

Bloger minbari: «Nasaf» nega ketma-ket mag‘lub bo‘lmoqda?

Bloger minbari: «Nasaf» nega ketma-ket mag‘lub bo‘lmoqda?
Qashqadaryo viloyatining tom ma’noda faxriga aylangan sevimli futbol jamoa «Nasaf» so‘nggi paytlarda bir necha futbol klublari bilan maydonda tushmoqda.

O‘z navbatida «Nasaf» taktikasi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Jamoaning mahoratli o‘yinchilari va hujum shiddati ko‘pincha g‘alabaga sabab bo‘ladi. O‘yin oldi tayyorgarlik ishlari bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev tomonidan a’lo darajada olib boriladi. Ammo shunga qaramay so‘nggi 3 o‘yinda jamoaning mag‘lubiyatga uchragani ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘yinlar haqida gaplashsak.
1- o‘yin.
Joriy yilning 5-aprel sanasida Toshkentning «Paxtakor» jamoasiga qarshi boshlandi.
Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvning 26-daqiqasida «Nasaf» darvozasi ishg‘ol etildi. 1:0
53-daqiqada hisob tenglashdi. 1:1
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6 daqiqa «Nasaf»ni mag‘lubiyatga yetakladi. 2:1

Agar o‘yinchilar shu 6 daqiqani qo‘shib berish uchun imkoniyat yaratmaganda hisob teng bo‘lardi.
Bizningcha o‘yinda «Ajdarlar»ga shijoat yetishmadi. Futbolda shijoat va dadillik bo‘lmasa g‘oliblik haqida o‘ylashning o‘zi kulguli.

Bosh murabbiy o‘yin haqida nima dedi?
«Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hakamlarning harakati bugungi o‘yinga mos kelmacligini aytib o‘tdi.

Afsuski, jamoamiz faqatgina bu mag‘lubiyat bilan cheklanmadi.
2- o‘yin.
12 aprel Coca-cola Superligasining 4-turiga start berildi.«Nasaf» – «Navbahor»
O‘z maydonida «Navbahor»ni kutib olgan «Nasaf»da g‘oliblikka imkoniyat juda katta edi.
Hattoki, o‘yinni tomosha qilgan muxlislar o‘yinni diqqat bilan kuzatdi va g‘alabaga ishondi.
Ammo bu ishonch «ajdarlar»ga kamlik qildi.
O‘yinning 30-daqiqasida «Nasaf» darvozasi raqib jamoa tomonidan ishg‘ol etildi va bu oxirgi gol sifatida «Navbahor»ga g‘oliblikni keltirdi.

O‘yindan jiddiy norozi bo‘lganlar ham bor.
Uchrashuvni tomosha qilgani kelgan muxlislar o‘rindiqlarning tozalanmaganligi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarga suratlar joyladi va bu ko‘pchilikning g‘azabiga duchor bo‘ldi.
Bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev jamoa u kutgan o‘yinni namoyish eta olmaganini ta’kidladi.

3- o‘yin.
Coca Cola Superliga 5-tur. «ANDIJON» — «NASAF»

G‘alabaga umid bormi?
«Nasaf»ning ketma-ket ikki mag‘lubiyati uchinchi g‘alabaga zamin yaratadi deganlar juda ko‘p bo‘ldi.
Ammo o‘z navbatida «Andijon» jamoasining tayyorgarligini ham inobatga olish zarur.

O‘yindan avval Andijon viloyati hokimi o‘z futbolchilari bilan birga ekanligini va ular g‘oliblikka erisha olsa avtomashina sovg‘a qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bu futbolchilarga katta shijoat va g‘oliblik sari yo‘l ochdi.

Ammo ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng, ruhan ezilgan «Nasaf»ning 3-o‘yinda g‘oliblikka erishishi amrimahol edi.
Uchrashuvga qo‘shimcha daqiqalar qo‘shib berilishiga qaramay «Nasaf» yana mag‘lubiyatga uchradi.«Andijon» – «Nasaf» 3:1.

Bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev:
- Ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. Mana shu ruhiy vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak. Jamoamizdagi yosh o‘yinchilar o‘sishi kerak.

P/S: Qarshining «Nasaf» futbol klubiga doimo g‘alabalar yarashgan.
Jamoa tarixiga nazar solsak, ko‘pincha bizning futbolchilar qator uchrashuvlarda ustun ekanini isbotlagan.
Futbolda yagona qoida bor. G‘oliblik yoki mag‘lublik.
Bu maydonda tushgan ikkala jamoadan biriga nasib qiladi.
«Nasaf»ning ketma-ket mag‘lub bo‘lishining sababini muxlislar yaxshi bilishadi. Bu haqda to‘liq gapirish fikridan yiroqmiz.
Jamoada yosh va tajribali futbolchilar ko‘p. Faqat ularning iste’dodini to‘g‘ri shakllantirish kerak. Oldinda o‘yinlar juda ko‘p. Har bir qashqadaryolik bu uchrashuvlarda jamoaning g‘olib bo‘lishini intiqlik bilan kutadi.
O‘ylaymizki, endi «Nasaf» bizni uyaltirmaydi.
Dilshod NABIYeV.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bloger minbari: «Nasaf» nega ketma-ket mag‘lub bo‘lmoqda?