10:00 / 20.09.2019
3 382

Bugun 5 nafar bokschimiz JCh finali yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

Bugun 5 nafar bokschimiz JCh finali yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Bugun Yekateriburgda davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bosqichga qadar yetib kelgan 5 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi. Bahslarni -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov boshlab beradi. U fransiyalik Bilal Bennamani sinovdan o‘tkazadi.

Shuningdek, Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg), Bobousmon Baturov, (-69 kg), Dilshodbek Ro‘zmetov (-81 kg) va Bahodir Jalolovlar ham o‘z janglarini o‘tkazishadi.

52 kg: Shahobiddin Zoirov – Bilal Bennama (Fransiya) (Boshlanish vaqti - 15:00)
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Mo‘g‘uliston) (19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45)


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun 5 nafar bokschimiz JCh finali yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi