Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 20 oktyabr kuni ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida ishtirok etgan Olga Zabelinskaya eng yuqori natija (32 ochko) qayd etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Kumush medal mezbon jamoa vakiliga (28) nasib etgan bo‘lsa, hongkonglik sportchi (26) bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Zabelinskaya aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida ham oltin medalga sazovor bo‘lib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. U avgust oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada omnium yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagandi.
Olga, shuningdek, joriy yil boshida velotrek bo‘yicha Jakartada o‘tgan Osiyo chempionatida ham g‘olib chiqib, Belgiyadagi xalqaro musobaqada ham oltin medal olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi