Kollaj: «Daryo»
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) Toshkent vaqti bilan 18 yanvar kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Shohjahonga ushbu jangda meksikalik 29 yoshli bokschi Adrian Estrella (29-4, 24 KO) raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ergashevning 10 yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqishi haqida xabar berilgandi. Biroq ushbu jang bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksdagi barcha 17 ta jangida g‘alaba qozongan. 15 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.
Meksikalik Estrella esa shu kungacha prof ringda 33 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘olib chiqqan. 24 ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan. 4 ta jangda (2 tasi nokaut) esa mag‘lub bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi