17:02 / 12.03.2020
2 827

Kloppning "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng bergan intervyusi (to‘liq)

Kloppning "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng bergan intervyusi (to‘liq)
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp CHL 1/8 final javob o‘yini doirasidagi "Atletiko" (2:3)ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hisob 2:1 ko‘rinishiga kelishi yoqimli holat emas edi, ammo tablodagi 2:2 hisobi biz uchun kattaroq muammoga aylandi. Ikkinchi o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng futbolchilar charchab qolishgan edi. O‘yinning asosiy vaqtida qilgan ishlarimiz keyinchalik qiyinchilik bilan qilindi. Uzatmalarimiz biz xohlagandek bo‘lmadi.

Men jamoaning o‘yinidan mutlaq mamnunman. Bunday raqiblarga qarshi o‘ynash qiyin. Men ularning bunday klassga ega bo‘lib turib, nega bunday futbol o‘ynashlarini tushunmayman. Ular haqiqiy futbol o‘ynashlari mumkin edi, ammo ular chuqur himoyaga o‘tishdi va qarshi hujumlardan unumli foydalanishdi.

Bu natijani qabul qilamiz. Men qanday omadsiz ekanligimni tushunaman, ikki qatorda to‘rt nafardan bo‘lib o‘ynagan jahon darajasidagi o‘yinchilarga qarshi o‘ynash ko‘p kuch talab etadi. Ha, bizning so‘nggi ikki yilda finalga chiqqan holda omadimiz keldi, ammo bugun hal qiluvchi pallada hammasi bizga qarshi bo‘ldi
", - deydi Klopp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kloppning "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng bergan intervyusi (to‘liq)