09:55 / 09.08.2020
2 445

«Paxtakor» OCHL guruh bosqichidagi qolgan o‘yinlarini JCH—2022 uchun qurilgan stadionda o‘tkazadi

«Paxtakor» OCHL guruh bosqichidagi qolgan o‘yinlarini JCH—2022 uchun qurilgan stadionda o‘tkazadi
Foto: Getty Images
Osiyo Chempionlar Ligasining 2020 yilgi mavsumi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar markazlashgan holda o‘tkaziladi. «Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinlar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

«Paxtakor» 14 sentabrdan restart oladigan musobaqa guruh bosqichidagi barcha uchrashuvni JCH—2022 musobaqasi uchun qurilgan «Al-Janub» stadionida o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda klub matbuot xizmati. «Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinlarning barchasi Toshkent vaqti bilan 23:00 da (mahalliy vaqt bilan 21:00) boshlanadi.

3-tur, 14 sentabr
«Al-Hilol» — «Paxtakor»

4-tur, 17 sentabr
«Paxtakor» — «Al-Hilol»

5-tur, 20 sentabr
«Shabob al-Ahli» — «Paxtakor»

6-tur, 23 sentabr
«Shahr Xodro» — «Paxtakor»

«Al-Janub» — futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon Chempionati o‘yinlarini o‘zida qabul qiluvchi o‘yingohlardan biri. Stadion 2019 yilning may oyida qurib bitkazilgandi, sig‘imi 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. U yerda «Al-Vaqra» jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» OCHL guruh bosqichidagi qolgan o‘yinlarini JCH—2022 uchun qurilgan stadionda o‘tkazadi