10:20 / 29.10.2020
1 529

«Barselona» Turindan g‘alaba bilan qaytdi, «MYU» «Leypsig»ni tor-mor etdi

«Barselona» Turindan g‘alaba bilan qaytdi, «MYU» «Leypsig»ni tor-mor etdi
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bahslarining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
«Barselona» Turinda Ronaldusiz «Yuventus»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

«MYU» YECHLdagi maqsadi jiddiy ekanini ko‘rsatmoqda, birinchi turdi PSJni mag‘lub etgan manchesterliklar bu turda «Leypsig»ni tor-mor etdi. Reshford xet-trik qayd etdi.

PSJ garchi bu turda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Neymar maydonni yig‘lab tark etdi. U yana jarohat oldi. Bu uning parijliklar safiga qo‘shilgach, 13-jarohati ekani aytilmoqda.

YECHL, 2-tur, 28 oktabr

Ye guruhi
Sevilya – Renn 1:0
Gol:
De Yong (56).
Krasnodar – Chelsi 0:4
Gollar:
Hadson-Odoi (37), Verner (76, penalti), Ziyesh (80), Pulishich (90).

F guruhi
Borussiya D – Zenit 2:0
Gollar:
Sancho (77, penalti), Holand (90+1).
Bryugge – Latsio 1:1
Gollar:
Vanaken (42, penalti) – Korrea (14).

G guruhi
Yuventus – Barselona 0:2
Gollar:
Dembele (14), Messi (90+1, penalti).
Ferensvarosh – Dinamo Kiyev 2:2
Gollar:
Nguyen (59), Boli (90) – Sigankov (28), de Pena (41).

N guruhi
MYU – Leypsig 5:0
Gollar:
Grinvud (21), Reshford (76, 78, 90+2), Marsiyal (86, penalti).
Istanbul – PSJ 0:2
Gollar:
Moyze Kin (64, 78).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Turindan g‘alaba bilan qaytdi, «MYU» «Leypsig»ni tor-mor etdi