Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov 9 noyabr kuni Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi.
Ahmadjonov Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi qo‘mitasi a’zosi Ziyovuddin Hojiniyazov hamrohligida BAA futbol assotsiatsiyasi (UAEFA) prezidenti Rashid bin Humaid Al-Nuaymi va Ajman shahri meri bilan uchrashgan.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikka oid masalalarni muhokama qilgan. UAEFA bilan bir necha yillik do‘stlik aloqalariga ega Ahmadjonov o‘z so‘zida assotsiatsiyaning BAA, Osiyo va jahonda futbolni rivojlantirishga intilishini e’tirof etgan. U shuningdek to‘rt yil oldin O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar dasturi, xususan sport va futbolga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida to‘xtalgan.
Umid Ahmadjonov, shuningdek, Osiyo Olimpiya Kengashi shayx Ahmad Al-Fahad as-Saboh rahbarligida pandemiya davrida butun Osiyo bo‘ylab sport harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganini qayd etgan.
Tomonlar yakdil qiziqish bildirgan boshqa mavzularda ham muzokaralar olib borib, o‘rtadagi sermahsul hamkorlik davomli bo‘lishiga umid bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi