10:43 / 29.04.2021
1 736

Pochettino "Siti"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi


PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ECHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ikkita xar hil taym. Birinchisi yaxshiroq bo‘lgandi. Biz vaziyatlar yaratdik va haqli tarzda oldinda borayotgandik. Ammo ikkinchi bo‘limda raqib bizdan kuchliroq o‘ynadi. Har ikki gol ham tasodifiy bo‘ldi, ammo umuman olganda ular bizga qaraganda ko‘proq vaziyat yaratishdi.
Biz ikkita gol o‘tkazib yuborganimizdan afsusdamiz. Yarim finalda buni qabul qilish og‘ir.

Ikkinchi taymda "Siti"ga qarshi qiynaldik. Ular agressiv harakat qilishdi, biz esa qiyinchilik bilan to‘pni egallab oldik.
Futbolda ishonch kerak. 6 kundan keyin ularning maydonida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Kerakli gollarni urishimiz kerak. Bosim albatta bor
", - dedi Pochettino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pochettino "Siti"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi