2 287
"Chelsi"ning muvaffaqiyat siri. Yoxud nega Tuxel g‘ayrioddiy usullarda mashg‘ulot o‘tkazadi?
Tuxel “Chelsi”da maxsus mashg‘ulotlar usulidan foydalanadi, masalan, tennis to‘plaridan. Uning muallifi esa nemis olimi hisoblanadi.
"Chelsi" Tomas Tuxelning g‘ayrioddiy mashg‘ulotlari tufayli Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti"ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Tuxel nemis olimi Volfgang Shyollxornning differensial yondashuv tizimidan foydalanadi. Ushbu tizim shuningdek, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp va “Monako” ustozi Niko Kovachning ham asosiy qurolidir. Xo‘sh, bu mashg‘ulot odatdagilardan nimasi bilan farq qiladi?
Tomas Tuxelning tennis to‘plari "Chelsi"ning Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti" ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng o‘ziga xos memga aylandi: London klubida Frenk Lempard o‘rnini egallaganidan so‘ng, nemis sport zalida zerikarli mashqlarni qisman almashtirib, innovatsion mashg‘ulot usullarini joriy qildi.
Tennis o‘yinining bunga mutlaqo aloqasi yo‘q. Sariq to‘plar markaziy himoyachilarga mo‘ljallangan - ular jarima maydonchasida hujum qilayotgan raqiblarni ushlab olish instinktiv odatlaridan xalos bo‘lish va qoidabuzarliklar sonini kamaytirish maqsadida mashg‘ulotlar paytida qo‘llarida ushlab turishadi. Tuxel shuningdek, tez vertikal hujumlarni amalga oshirish uchun sun’iy ravishda maydonlarning kengligini cheklab qo‘ydi. Bundan tashqari ho‘l maydonda mashg‘ulotlar o‘tkazish futbolchilarning harakat qobiliyatini yanada rivojlantiradi va ular rasmiy uchrashuvlarda quruq maydonga chiqgach, ancha oson harakat qilishadi.
"Avvaliga biz bularning futbolga nima aloqasi borligini o‘ylab hayron bo‘ldik, ammo keyin ular tezda samara berishini angladik", - deydi "Borussiya" Dortmundda Tuxel qo‘l ostida o‘ynagan Neven Subotich.
"Chelsi"ning hozirgi ustozi nafaqat futbol uchun, balki boshqa sport turlari uchun ham differensial mashg‘ulotlarning noyob tizimini yaratgan nemis olimi Volfgang Shyollxornning tadqiqotlariga asoslanadi. Volfgang 1990 yilda Frankfurt universitetida biomexanika bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqladi, 2007 yilda professor bo‘ldi. Uning biomexanika va yengil atletika bo‘yicha mashg‘ulotlari bir nechta milliy va xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
"Tuxel faylasufdan ko‘ra ko‘proq olimga o‘xshaydi. U professor Volfgang Shyollxornning ishidan ilhom oladi. U sportchilarga turli xil mashg‘ulotlar zarurligini isbotlagan. U ish faoliyati davomida g‘ayrioddiy mashqlarni joriy qildi: qo‘lida narsa ushlagan futbolchilar o‘rtasida ikki tomonlama o‘yin yoki tennis to‘plari yordamida jonglyorlik qilish" – deb yozadi L'Equipe nashri.
Tomasning nemis hamkasblari ham professorning ishiga murojaat qilishadi. Ular orasida Yevropa futolini qoyil qoldirgan "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp ham bor. Klopp Mayns universitetida Shyollxorn bilan to‘qnash kelgan va uning mashg‘ulotlarga differensial yondoshish bo‘yicha olib borgan izlanishlaridan ta’sirlangan. "Monako"ni boshqarayotgan Niko Kovach ham Shyollxornning materiallaridan foydalanadi.
Differensial trening - bu konservatorlarni g‘azablantirishi mumkin bo‘lgan chinakam inqilobiy usul. Shyollxorn o‘z veb-saytida shunday yozadi: "Bu futbol va umuman sportning an’anaviy g‘oyasiga ziddir. Sportchilarni rivojlantirish uchun eng yaxshi usul - takrorlash".
Professor o‘zi o‘ylab topgan usul futbolchilarni o‘zini o‘zi tanqid qilishga va shu orqali kamroq tavakkal qilishga olib keladi, deb hisoblaydi. Futboldagi kreativlik bo‘yicha tadqiqot olib borgan portugaliyalik Sara Santos buni isbotladi. U U-13 va U-15 terma jamoalaridagi 40 nafar futbolchini ikki guruhga ajratdi va besh oy davomida ularni turli usullar bilan shug‘ullantirdi. Birinchi guruh - an’anaviy ravishda, ikkinchisi - differensial usul yordamida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, differensial usulda shug‘ullangan guruh futbolchilarining harakatlari o‘ziga xosligi va ko‘p qirraliligi oshdi. Ular kam xatolarga yo‘l qo‘ydi va pozitsion jihatdan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Raqiblari ular uchun qancha ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirsa, ularning fikrlash darajasi va o‘yinni tushunishi shunchalik oshdi.
Baxtiyorjon Toshtemirov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?