“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland futbolchilar orasida kimlarni o‘zining eng yaxshi do‘sti, deb bilishini aytdi. Uning ta’kidiga ko‘ra, savolga javob aniq: Dominik Soboslai, Jek Grilish va Jud Bellingem — dedi Erling Xoland.
25 yoshli to‘purar bu o‘yinchilar bilan turli jamoalarda tanishganini eslatdi. Xususan, Erling Soboslai bilan “Red Bull Zalsburg” jamoasida birga o‘ynagan — o‘sha paytlardayoq o‘zaro tushunish va maydondagi hamjihatlik do‘stlikka asos solgan.
Jek Grilish esa, bu yoz “Manchester Siti”dan “Everton”ga ijaraga ketdi. Xoland kelganidan buyon “shaharliklar” safida yelkama-yelka o‘ynab kelayotgan edi — shu sabab u bilan bog‘langan o‘zaro ishonch va do‘stlik hissi hali ham mustahkamligicha qolmoqda.
“Real” yulduzi Jud Bellingem bilan Xoland “Borussiya Dortmund”da yaqindan tanishgan va do‘stlashib qolgan. U yerdagi birga mashg‘ulotlar, o‘yinlardagi raqobat va katta bahslardagi mas’uliyat ularning munosabatini yanada kuchaytirgan.
Qisqasi, Xolandning “eng yaqinlar” ro‘yxati turli chempionat va klublardan jam bo‘lgan bo‘lsa-da, uni birlashtiruvchi g‘oya bitta: maydonda ham, undan tashqarida ham hurmat, ishonch va umumiy maqsad — yutish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!