date

Murodjon Ahmadaliyev Toshkentda: jang haqidagi ochiq fikrlari..

Murodjon Ahmadaliyev Toshkentda: jang haqidagi ochiq fikrlari..

O‘zbekistonning taniqli professional bokschisi Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi o‘tgan jangdan so‘ng Vatanga qaytdi. Toshkent xalqaro aeroportida uni keng jamoatchilik, muxlislar va sport ahli tantanali tarzda kutib oldi.

Ahmadaliyev kutib olish marosimida so‘zga chiqib, ortda qolgan jang bo‘yicha o‘z shaxsiy mulohazalarini ham baham ko‘rdi.

— Bilaman, ko‘pchilik jangimdan rozi bo‘lmadi. Chunki men ham ringda o‘zim istagandek harakat qila olmadim. Mendan oldingi jang to‘rt raundda yakunlangani uchun bizga aslida belgilangan 36 daqiqa emas, taxminan 15-20 daqiqa vaqt ajratildi. Shu bois chigalyozdi va qizib olish mashqlarini to‘liq amalga oshirishga ulgurmadim. Pulsimni ko‘tarishga vaqt yetmadi, shuning uchun jangda to‘laqonli o‘z imkoniyatimni ko‘rsata olmadim, — dedi bokschi.

Shu bilan birga, Murodjon tayyorgarlik jarayoni yaxshi o‘tganini ta’kidladi:

— Bu safar jangga puxta tayyorgarlik ko‘rgandim, o‘zimni yaxshi his qildim. Hatto vazn tashlash jarayoni ham muammosiz o‘tdi. Hammasi rejaga ko‘ra bordi, lekin omillar baribir vaqt bilan bog‘liq bo‘lib qoldi.

Ahmadaliyevning aytishicha, u butun o‘zbek xalqidek g‘alabaga ishongan va uni juda xohlagan:

— Qo‘limdan kelgancha harakat qildim. Lekin g‘alaba ham, mag‘lubiyat ham Allohdan. InshaAlloh, kuchliroq bo‘lib yana qaytamiz, — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, jang 12 raund davom etdi va hakamlar yakdil qaror bilan Naoya Inoueni g‘olib deb topishdi. Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilishga to‘g‘ri keldi.

Shu bilan birga, uning qaysarlik va ruhiy barqarorligi muxlislar uchun katta umid uyg‘otdi. Bokschi yangi g‘alabalar yo‘lida yanada kuchli qaytishiga ishonch bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Toshkentda: jang haqidagi ochiq fikrlari..