O‘zbekistonlik mashhur bokschi Qozog‘iston terma jamoasiga o‘tishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi bokschilardan biri yaqin kunlarda Qozog‘iston terma jamoasiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqdagi ma'lumotni Sports.kz sayti “Bіrіnshі Bol” YouTube kanali orqali jurnalistlar Ualixan Kosanbay va Oljas Baybosinga tayanib tarqatdi. Hozircha bokschining ismi oshkor qilinmagan, tafsilotlar yaqin vaqt ichida ma'lum bo‘lishi kutilmoqda.
Qo‘shni Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari yana bir qiziqarli ma’lumotni e’lon qildi. "Sports.kz" saytining yozishicha, “Bіrіnshі Bol” YouTube kanali orqali jurnalistlar Ualixan Kosanbay va Oljas Baybosin shov-shuvli yangilikni oshkor qilishdi.
Ularning ta’kidlashicha, yaqin kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidan bir bokschi Qozog‘iston jamoasiga qo‘shilishi ehtimoldan xoli emas. Hozircha bu sportchining shaxsi va ismi ochiqlanmagani aytib o‘tildi.
Ayni paytda har ikki mamlakat sport jamoatchiligi mazkur xabarga katta qiziqish bilan munosabat bildirmoqda. O‘zbek boks maktabi ko‘plab chempionlar va mashhur jangchilarni yetishtirib kelgani bois, bunday xabar ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4–14-sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati tashkil etiladi. Shu sababli, terma jamoalar tarkibidagi har qanday o‘zgarishlar ushbu nufuzli musobaqa arafasida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Kutilmoqdaki, tafsilotlar yaqin vaqt ichida ochiqlanadi va qaysi o‘zbekistonlik bokschi Qozog‘iston sharafini himoya qilishi ma’lum bo‘ladi.































Izohlar 0
…