date

Usik va Krouford ishtirokida tarixiy boks kechasi bo‘ladi

Usik va Krouford ishtirokida tarixiy boks kechasi bo‘ladi

Noyabr oyida Toshkent shahrida katta sport bayramiga aylanadigan professional boks kechasi tashkil etiladi, deb xabar berdi Lift Promotions kompaniyasi.

14 noyabr kuni "Humo Arena"da O‘zbekiston tarixidagi eng yorqin jang kechalaridan biri o‘tkazilishi belgilangan. Unda ikki Olimpiada sovrindori ishtirok etadi va bir vaqtning o‘zida ikki chempionlik jangi ham tashkil qilinadi.

Tadbirning asosiy yulduz mehmonlari sifatida professional boksning mashhur vakillari Aleksandr Usik hamda Terens Krouford kelishi ma’lum qilindi. Turnir tashkilotchilari bu kechani nafaqat sport, balki tarixiy voqea sifatida ham ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usik va Krouford ishtirokida tarixiy boks kechasi bo‘ladi