20:36 / 08.06.2021
3 634

Qatar JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichida 1-o‘rinni egalladi. Bu bizga nima beradi?


Jahon chempionati ikkinchi saralash bosqich bahslari davom etmoqda. Ayrim jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular qatorida Qatar ham bor. E’tiborga molik tomoni, Qatar JCH-2022 mezboni sanaladi. Jamoa saralashda yaxshi ishtirok etyapti.

Qatarning 3-saralashga chiqqani bizni yanada xursand qildi. Sababi O‘zbekiston MTJ ayni payt o‘z guruhida 2-o‘rinda bormoqda. Boshqa guruhlardagi 2-o‘rinni egallab turgan jamoalarda vaziyat ancha yaxshi. Bu bizdagi xavotirlarni oshirayotgandi.

Ammo Qatarning ushbu muvaffaqiyati guruhlardagi eng yaxshi 4 ta ikkinchi o‘rinli emas, 5 ta eng yaxshi ikkinchi o‘rinni egallagan termalar navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Vadim Abramov shogirdlariga bu bonusga aylandi. O‘z navbatida, kechagi yirik hisobdagi g‘alaba muhim ahamiyat kasb etadi.

Endi imkoniyatlarimiz ancha yaxshilandi. Qolgani o‘z qo‘limizda. O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘yini 11 iyun kuni Yamanga qarshi o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichida 1-o‘rinni egalladi. Bu bizga nima beradi?