20:30 / 11.07.2021
3 512

Samvel Babayan O‘zbekiston terma jamoasini mundialga olib chiqishda nima yetishmaganini aytdi


Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirda faoliyatini «Navbahor» murabbiylar shtabidan davom ettirayotgan Samvel Babayan «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov haqidagi ayrim savollarga javob qaytardi.

O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatida yetishmagan jihat haqida
Menga o‘sha vaqtda hozirgi Eldor Shomurodovdek o‘yinchi yetishmagan. Bu tajriba, bu atletizm, bu kuch. Avvalgi Eldor va hozirgisi butkul boshqa o‘yinchilar — tun va kun. O‘sha vaqtda bunday darajadagi o‘yinchi faqat Odil Ahmedov edi. Rossiyada chempionlik uchun kurashayotgan, Yevropa Ligasida qatnashayotgan «Krasnodar» futbolchisi.

Mundial orzusiga eltuvchi yo‘l borasida
Bizga Yevropa birinchiliklarida to‘p suradigan va terma jamoaga tayyor holda keladigan o‘yinchilar yetishmaydi. So‘nggi vaqtlarda bir jihat xursand qilmoqda, o‘zbekistonlik hozirgi yosh o‘yinchilarning hammasi Yevropada o‘ynashni maqsad qilgan. Misol uchun, Rossiya o‘smirlar yoki yoshlar terma jamoasi a’zolari o‘z yurtidan ketishni xohlamaydi. Bizda esa boshqacha intilish: yigitlar Yevropano xohlamoqda. Agar bizning futbolchilar muntazam ravishda Yevropa milliy chempionatlarida o‘ynaydigan bo‘lsa, Jahon Chempionatiga chiqish masalasi ijobiy tomonga hal bo‘ladi.

Eldor Shomurodovni «Paxtakor»ga olib kelolmagani sababi haqida
«Mash’al»da o‘ynab yurgan vaqtdagi 3-4 yil uni «Paxtakor»ga olib kelmoqchi bo‘lganman. Afsuski, buning uddasidan chiqa olmaganmiz. Chunki «Mash’al» «O‘zneftgaz»ga tegishli edi. O‘sha vaqtda ularda 5-6 ta jamoa bo‘lardi va o‘rtamizda doim kurash kechardi. Bu «Mash’al» va «Bunyodkor»ni moliyalashtiruvchi korxona edi. Shu sabab transferga kelganda bizning taklif ancha foydali bo‘lsa ham o‘tmadi. Bu o‘rinda boshqa resurslar ishga tushdi va «Mash’al», tabiiyki, uni «Bunyodkor»ga berdi. O‘sha vaqtda bu yigitni qo‘lga kiritish uchun bizda shunchaki imkon yo‘q edi.

Eldor Shomurodov 1995 yilning 29 iyunida Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Eldor «Mash’al» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2006—2014 yillar mobaynida muborakliklar tizimida harakat qilgan. U shuningdek, «Bunyodkor» (2014—2017) va «Rostov» (2017—2020) sharafini himoya qilgan qilgan. Hozirda faoliyatini Italiyaning «Jenoa» jamoasida davom ettirmoqda. Shomurodov 2015 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p tepib keladi. U terma jamoaning rasmiy uchrashuvlarida 46 ta o‘yinda 20 ta gol urgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan O‘zbekiston terma jamoasini mundialga olib chiqishda nima yetishmaganini aytdi