09:07 / 12.07.2021
2 116

Sautgeyt: "Bu mening javobgarligim. Men penalti tepadiganlarni tanlayman"


Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Italiya (1:1, penaltilar bo‘yicha 2:3)ga qarshi Yevro-2020 finalidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Murabbiy o‘yin tugashiga bir necha soniyalar qolganida maydonga Markus Reshford va Jeydon Sanchoni tashladi va ular penaltidan gol ura olishmadi. Shuningdek zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Bukayo Saka ham 11 metrlik nuqtadan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi.

"Bu mening javobgarligim. Men penaltini kim tepishini tanlayman. Hozir hech kim ularning o‘rnida bo‘lishni xohlamaydi. Jamoa sifatida birga yutamiz va yutqazamiz. Ular borlarini berishdi. Yigitlar birdamlik ko‘rsatishdi va buni saqlab qolish kerak. Biz xafamiz. O‘ylaymanki, futbolchilar borlarini berishdi", - deydi Sautgeyt.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sautgeyt: "Bu mening javobgarligim. Men penalti tepadiganlarni tanlayman"