07:30 / 25.10.2021
1 241

La Liga. Luis Suaresning dubli «Atletiko»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

La Liga. Luis Suaresning dubli «Atletiko»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 24 oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Atletiko» o‘z uyida «Real Sosedad»ni qabul qildi. O‘yin avvalida mehmonlar Aleksandr Syorlotning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Aleksander Isak «Sosedad»ning ikkinchi golini urdi.

Bunga madridliklar Luis Suaresning dubli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. Mazkur durang orqali «Real Sosedad» ochkolarini 21 taga yektazib oldi va peshqadamlikka qaytdi. «Atletiko» (18) esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.

«Atletiko» — «Real Sosedad» 2:2
Gollar
: 0:1 – 7 Syorlot, 0:2 – 48 Isak, 1:2 – 61 Suares, 2:2 – 77, penalti Suares.
«Atletiko»: Oblak, Tripper, Felipe, Ermoso (Errera, 73), Lodi (Korrea, 58), Koke, de Paul (Kondogbia, 58), Lemar (Karrasko, 46), Suares, Grizmann (Mateus Kunya, 73), Joau Feliks.
«Real Sosedad»: Remiro, Saldua (Turriyentes, 64), Elustondo, Le Norman, Subeldiya, Gorosabel, Silva (Pacheko, 63), Merino, Gevara (Yanuzay, 88), Syorlot (Lobete, 89), Isak (Portu, 64).
Ogohlantirishlar: Felipe (31), Saldua (41), Elustondo (68), Merino (76).

«Sevilya» — «Levante» 5:3
Gollar
: 1:0 – 8 Oliver Torres, 2:0 – 24 Rafa Mir, 2:1 – 33 Morales, 3:1 – 38 Diyego Karlos, 4:1 – 50 Munir, 4:2 – 55 Morales, 4:3 – 61 Melero, 5:3 – 64 Fernando.

«Betis» — «Rayo Valekano» 3:2
Gollar
: 1:0 – 22 Moreno, 2:0 – 24 Xuanmi, 2:1 – 45 Nteka, 2:2 – 65 Garsiya, 3:2 – 75, penalti Villian Joze.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. Luis Suaresning dubli «Atletiko»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi