Mana bir necha yildirki Janubiy Koreyaning yirik texnologiya kompaniyalari Samsung va LG bukiladigan displeyli qurilmalarni yaratishi haqida bong urmoqda. LG ushbu yo‘nalishdagi harakatlarining ilk natijasi sifatida 2013 yilda qayrilma ekranli G Flex smartfonini ham namoyish qilgan edi. Albatta, ushbu model aynan bukiladigan ekranli qurilma emas edi, biroq u ishlab chiqaruvchining mazkur sohadagi maqsadini aniq ifodalashga xizmat qildi.
Yaqinda LG kompaniyasining ikki tomonga bukiladigan planshet prototipini patentlagani to‘g‘risida internet tarmog‘idagi nashrlarda bir qancha xabarlar tarqaldi. Patentning texnik xususiyatlari aks etgan suratda ikki bukiladigan qurilmani ko‘rish mumkin. Uning bir tarafida musiqa ijrosini boshqarish elementlari aks etgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘sh tomonida biror kontentni ko‘rsatadigan displey ko‘zda tutilgan. Displeyning bir qismi shaffof bo‘lib, ikkala tarafi sensorli panel bilan qoplanadi.
LG G Flex anonsidan so‘ng Janubiy Koreya kompaniyasi 2017 yilga borib bukiladigan ekranli qurilmalarni sotuvga chiqarishi haqida turli xabarlar yozilgan edi. Aftidan, bundan 3 yil oldin yoritilgan xabarlarda aytilgan prognozlar keyingi yilda amalga oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi