4 noyabr sanasi kirib kelishi bilan Turkiyada bir qator ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook, Instagram,Twitter, WhatsApp messenjeri va YouTube videoxostingi faoliyati shu qadar sekinlashdiki, bu tarmoqlardan foydalanishning imkoni bo‘lmay qoldi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Istanbul shahrining Suriya bilan chegaradosh hududida yashovchi aholidan yuqoridagi masala yuzasidan ilk shikoyatlar kelib tushgan.
Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim yuzaga kelgan bu vaziyat to‘g‘risida bayonot berar ekan, ijtimoiy tarmoqlarning ishlamasligi vaqtinchalik ekanini ta’kidlab o‘tdi:
“Bularning bari xavfsizlik yuzasidan amalga oshirilmoqda va bu vaqtincha. Xavf bartaraf etilgach, albatta barchasi o‘z o‘rnida faoliyatini davom ettiradi”.
Yana ba’zi manbalar bu axborot xurujidan himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotganini xabar qilmoqda. 4 noyabr kuni ertalab Turkiya poytaxti Anqara shahrida terrorchilik harakatlarini targ‘ibot qilishda gumon qilingan 11 nafar deputat qo‘lga olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi