Alphabet xoldingi direktorlar kengashi raisi, Google’ning sobiq rahbari Erik Shmidt, avvalroq ushbu kompaniya xodimlarni ishga olishda so‘ragan an’anaviy savollardan biriga javob qaytara olmadi. Top-menejer nomzodlarga bunday savollarni berish maqbul emas, deb fikr bildirgan.
Terabayt.uz caytining yozishicha, Shmidt noyabr oyining avvalida Summit at Sea nomli konferensiyada ma’ruza qiladi. Konferensiya paytida undan o‘z vaqtida Google’ga ishga olishda beriladigan savolga javob berish so‘raladi. Biroq kompaniyaning sobiq rahbari savolni yana qayta berish, aniqlik kiritishni so‘rash bilan vaqtni cho‘zishga harakat qiladi.
Savol esa quyidagicha edi: Siz qaroqchilar kemasining kapitanisiz, tasavvur qiling, siz bir sandiq oltin topib oldingiz. Jamoangiz xazinani bo‘lishga shaylanmoqda. Agar sizning taklifingizni qaroqchilarning yarmidan kami qo‘llab-quvvatlasa, o‘lishingiz aniq. Xo‘sh, tirik qolish va xazinaning ma’lum qismiga ega bo‘lish uchun uni qay tarzda taqsimlagan bo‘lardingiz?
Hozir Google kompaniyasida yangi xodimlarni ishga qabul qilishda bunday mantiqiy savollar so‘ralmaydi. Sababi ular nomzodning layoqatini to‘liq baholashga yordam bermaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi