Apple kompaniyasi bir necha oylik kechikishdan keyin yaqinda Airpods simsiz naushniklarini sotuvga chiqardi. Biroq joriy yilning sentyabr oyida namoyish qilingan BeatsX garniturasi 2016 yilda rastalarga chiqmasligi ma’lum qilindi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Apple kompaniyasi bergan xabarga ko‘ra, BeatsX garniturasini etkazib berish ishlari 2017 yilning fevral oyida boshlanadi.
Hozircha Apple BeatsX garniturasining kechiktirish sabablariga aniqlik kiritmagan. Ko‘pchilik bunga so‘nggi Apple garnituralariga o‘rnatilgan Apple W1 chiplarini sabab sifatida keltirmoqda. Biroq mutaxassislar chiplarning butunlay soz ishlashini aytishmoqda. Ushbu chiplar audiopleer bilan audioqurilma o‘rtasida mustahkam aloqani ta’minlaydi.
Apple Airpods singari BeatsX garniturasi ham Bluetooth ulanishi qo‘llab-quvvatlaydi. BeatsX garniturasi taxminan 149 dollar atrofida sotilishi qayd etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?