16:19 / 16.10.2024
136

Smartfoningizni almashtirish vaqti kelganligini bildiruvchi 5 ta belgi

Smartfoningizni almashtirish vaqti kelganligini bildiruvchi 5 ta belgi
Gadjetlarning toʻsatdan ishlamay qolishining oldini olish uchun smartfondagi eng kichik oʻzgarishlarga ham e'tiborli boʻlish kerak. Quyida telefoningizni almashtirish vaqti kelganligini bildiradigan 5 ta asosiy belgilarni koʻrib chiqamiz.

Foto: Lifehacker.ru
Dasturiy ta'minotni yangilash haqida xabarlar kelmaydi

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan smartfonni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishi va bunga resurslar sarflamasligi telefonning eskirganligidan dalolat beradi.

Ishlab chiqaruvchilar dasturiy ta'minotning yangilangan versiyalarini smartfon chiqarilgandan keyin 3-4 yil oʻtgach toʻxtatadi. Bu borada Apple kompaniyasi eng saxiysi boʻlib qolmoqda, chiqarilganidan 9-10 yil oʻtib ham qurilmalarni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortgani yoʻq.

Yangi funktsiyalarning boʻlmasligi, turli viruslardan himoyalana olmaslikdan tashqari bunday smartfonlarda yangi ilovalar va oʻyinlarni oʻrnatishda qiyinchiliklar tugʻdiradi. Koʻplab ilovalar ishlashi uchun telefonning yangi versiyasi boʻlishini talab qiladi.

Telefon quvvati bir kun ichida tugab qoladi

Foto: iStock
Agar telefoningizning quvvati tushlikkacha etmasa, bu yangisini sotib olish haqida oʻylash uchun ajoyib sababdir. Batareyaning ishlash muddati sezilarli darajada yomonlashishi, ehtimol batareyaning eskirishi bilan bogʻliq: 2-3 yil ichida maksimal quvvat 100 dan 80 foizgacha tushadi. Bu litiy-ionli batareyalardan xavfsiz ravishda foydalanishning asosi hisoblanadi. Batareyaning shishishi orqa qopqoq bilan birga atrofdagi qismlarga ham zarar etkazishi mumkin.

Deyarli barcha zamonaviy smartfonlar shunday ishlab chiqilganki, undagi akkumulyatorni almashtirish uchun telefonni ochish juda qiyin. iPhone’ga yangi batareya qoʻyish uchun odatda ekran va platani olib tashlashingiz kerak. Bunday vaqtda xato qilib qoʻyish, boshqa qismlarga zarar etkazish oson. Qolaversa, sizning smartfoning uchun ehtiyot qismlari sotuvda boʻlmasligi mumkin.

Gadjet doimiy ravishda qizib ketadi

Bu batareya xizmat vaqtining tugagani yoki ogʻir ilovalar va oʻyinlarga smartfonning bardosh bera olmasligining belgisi boʻlishi mumkin. Agar smartfoningiz hech qanday sababsiz qizib ketaversa, sozlamalar orqali koʻp energiya sarflaydigan dasturni topishga urinib koʻring. Telefon sozlamalari orqali “Batareya” boʻlimiga kiring va “Foydalanish vaqti”ni tekshirib koʻring. Agar energiya iste'moli boʻyicha roʻyxatning boshida siz deyarli foydalanmaydigan ilova turgan boʻlsa, demak bu dastur telefon qizib ketishining asosiy sababchisidir.

Smartfonning muntazam qizib ketishi yaxshilikka olib kelmaydi: gadjet toʻliq quvvat bilan ishlay olmaydi va ichki qismlarga zarar etkazish xavfi ortadi.

Kamera sifati pasayadi

Foto: Lifehacker.ru
Dasturiy ta'minot bilan birgalikda foto va video suratga olish sifati ham pasayadi. Albatta, turli ilovalar orqali yaxshiroq fotosuratlar olishingiz mumkin, ammo kamera sifati pasayib boraversa, bunday smartfondan voz kechish va yangi telefon sotib olish mantiqan toʻgʻri boʻladi.

Ichki xotira tez toʻlib qoladi

Shunchaki video suratga olmoqchi boʻlsangiz yoki biror dasturni yuklab olmoqchi boʻlsangiz, xotira tolganligi haqidagi xabarlar doimo kelaversa, demak smartfon oʻz xizmatini oʻtib boʻlgan. Kamdan kam ishlatiladigan ilovalarni oʻchirib tashlash vaqtinchalik foyda beradi, ammo muntazam smartfonni tozalasangiz ham xotira toʻlgani haqidagi ogohlantirishlar paydo boʻlaversa, yuqori xotiraga ega boʻlgan telefonni sotib olish orqaligina vaziyatdan chiqish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno