date

Pensilvaniya gubernatori o'zbekistonlik haydovchi haqida ma'lumot berdi


Pensilvaniya gubernatori Josh Shapiro o'zbekistonlik fuqaro Axror Bozorov bilan bog'liq holat yuzasidan bayonot berdi. Ma'lum bo'lishicha, Bozorov O'zbekistonda jihod targ'iboti bilan shug'ullanganlikda ayblanib, qidiruvda bo'lganiga qaramay, AQShning Pensilvaniya shtatida tijorat haydovchilik guvohnomasini (CDL) qo'lga kiritgan.

Shapironing so'zlariga ko'ra, guvohnoma berilishida Pensilvaniya rasmiylari federal darajadagi Systematic Alien Verification for Entitlements (SAVE) bazasidan foydalanishgan. Biroq mazkur tizimda Bozorovning qidiruvda ekanligi haqida ma'lumot mavjud bo'lmagani sababli, hujjatni berishda hech qanday to'siq bo'lmagan.

"Biz foydalanishga majbur bo'lgan tizim o'z ishini to'g'ri bajarmadi. Pensilvaniya shtati barcha tekshiruvlarni amalga oshirdi, ammo federal bazada zarur ma'lumotlar aks etmagan", — dedi Shapiro.

31 yoshli Bozorov 9-noyabr kuni Kanzas shtatida yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlayotgan paytda qo'lga olingan. O'zbekistonda unga jihodga chaqiriq va tarafdorlarni yollash maqsadida onlayn materiallar tarqatganlikda ayblov qo'yilgan.

Ushbu ayblov bo'yicha 2022-yilda hibsga olish to'g'risida order chiqarilgan edi. Ushbu voqeadan so'ng, Pensilvaniya rasmiylari tijorat haydovchilik guvohnomalarini chet ellik shaxslarga berish bo'yicha jarayonni qayta ko'rib chiqishni boshlashdi.

Shuningdek, federal idoralardan ma'lumot almashish tizimini yangilash va kuchaytirishni talab qilishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Pensilvaniya gubernatori o'zbekistonlik haydovchi haqida ma'lumot berdi