date

U-17 mundialida chorak final bahslari boshlanmoqda

U-17 mundialida chorak final bahslari boshlanmoqda

Qatarda davom etayotgan U-17 Jahon chempionati qizg‘in bosqichga kirdi. Turnirning eng muhim pallalaridan biri – chorak final uchrashuvlari bugun bo‘lib o‘tadi. Har bir bellashuvda yarim finalga chiqish biletini olish uchun keskin kurash kutilmoqda, chunki endi xatoga yo‘l qo‘yish yo‘q: mag‘lub bo‘lgan jamoa turnir bilan xayrlashadi.

Avstriya U-17 — Yaponiya U-17 (17:30)

Avstriya o‘smirlar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu to‘qnashuv har ikki tomon uchun ham jiddiy sinov bo‘ladi, chunki ular guruh bosqichida tajovuzkor va tezkor o‘yin namoyish qilishgan.

Italiya U-17 — Burkina-Faso U-17 (18:30)

Shuningdek, Italiya – Burkina-Faso o‘rtasidagi bahs ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Italiya keyingi bosqichga chiqish yo‘lida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, Burkina-Faso turnirning kutilmagan syurprizlaridan biriga aylandi.

Portugaliya U-17 — Shvetsariya U-17 (19:45)

Kechgi bahslarda Portugaliya — Shveysariya uchrashuvidan ham bellashuvlar ruhi sezilishi aniq. Ikki jamoa ham texnik jihatdan yuqori darajada va o‘yin uslubi bilan ajralib turadi.

Marokash U-17 — Braziliya U-17 (20:45)

Kunning so‘nggi uchrashuvi Marokash va Braziliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu jamoalar ham U-17 mundialining an’anaviy kuchli ishtirokchilari sifatida yangidan yangi tarix yozishga intilishmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi nimchorak final uchun kurashda Italiyaga minimal farq bilan mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi. Shunga qaramay, yoshlarimiz ko‘rsatgan o‘yin muxlislar tomonidan munosib baholandi.

Bugungi uchrashuvlar keyingi bosqichga kimlar yo‘l olishini belgilab beradi. Intizom, xarakter va jamoaviy o‘yin — barchasi tayyor, endilikda eng kuchlilar o‘z so‘zini aytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » U-17 mundialida chorak final bahslari boshlanmoqda