
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social platformasida neyron tarmoq yordamida yaratilgan videoni e'lon qildi. Mazkur videoda Tramp Oq uy Oval kabinetida Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan futbol o'ynayotganini ko'rish mumkin.
18-noyabr kuni Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi munosabati bilan Oq uyda tashkil etilgan rasmiy kechada qatnashgan edi. Krishtianu Ronaldu tarixdagi eng samarali futbolchilardan biri hisoblanadi.
U milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari va Chempionlar ligasi tarixida eng ko'p gol urgan futbolchi sanaladi. Shuningdek, Ronaldu rasmiy uchrashuvlarda 900 ta gol urish chegarasiga yetgan dunyodagi birinchi futbolchidir.
Uning hisobida 5 ta Chempionlar ligasi g‘olibligi, 2016-yilgi Yevropa chempionligi va ikki marta UEFA Millatlar ligasi g‘olibligi bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.