
PSJ hujumchisi Usmon Dembele yaqin kunlarda safga qaytishi kutilmoqda. Fransuz futbolchisi joriy oy boshida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Shu sababli u "Lion"ga qarshi uchrashuv va Fransiya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Jurnalist Fabrice Xokinsning maʼlumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi 26-noyabr kuni "Tottenhem"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida maydonga tushishi mumkin.
Bundan tashqari, u 25-noyabr kuni Liga 1 doirasida "Gavr"ga qarshi uchrashuvda ham qatnashishi ehtimoli mavjud. Biroq PSJ murabbiyati futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti va yakuniy qaror juma kuni qabul qilinadi.
Usmon Dembele joriy mavsumda PSJ safida 9 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.