22:29 / 12.12.2016
7 395

Apple Xitoyda shamol energetikasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi

Apple Xitoyda shamol energetikasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi

Jahonning eng yirik shamol turbinalari ishlab chiqaruvchisi — Xinjiang Goldwind Science & Technology (Xitoy) va Apple (AQSh) kompaniyalari shamol energiya ekspluatasiyasi bo‘yicha qo‘shma korxona yaratadi. Xitoy kompaniyasi Xenan, Shandun, Shansi va Yunnan provinsiyalaridagi to‘rt loyihadagi ulushining 30 foizini qo‘shma korxonaga o‘tkazadi, deb xabar beradi «Daryo».

Apple loyihaga qancha investisiya kiritishi hozircha xabar qilinmayapti.

«Bu Apple’ning shamol energetikasi sohasidagi birinchi investisiyasidir, ayni paytda bu kompaniyaning ekologik toza energetikaga kiritayotgan eng yirik investisiyasi hamdir», — ma’lum qildi Apple’ning atrof muhit himoyasi, siyosatchilar va ijtimoiy tashabbuslar bilan o‘zaro aloqalari bo‘yicha vise-prezidenti Liza Jekson.

Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan yili kompaniya Ichki Mo‘g‘ulistonda quyosh energetikasini rivojlantirishga investisiya kiritishini ma’lum qilgan bo‘lib, ushbu tashabbus doirasida 170 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari qurish rejalashtirilmoqda.

Shamol energetikasi sohasidagi loyiha realizasiyasi esa 900 million kVt/soat elektr quvvati ishlab chiqarish hamda 690 ming xitoylik oilalarni chiroq bilan ta’minlash imkonini beradi.

2015 yilda Apple o‘zini muqobil energiya manbalari orqali elektr quvvat bilan ta’minlash darajasini 93 foizga etkazgan edi. Endilikda kompaniya bu ko‘rsatkichni 100 foizga etkazmoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Xitoyda shamol energetikasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi