date

Levandovski safga qaytdi

Levandovski safga qaytdi
Barselona jamoasi muxlislari uchun yaxshi yangilik. Hujumchi Robert Levandovski dushanba kuni jamoaning mashgʻulotlarida ishtirok etdi.

"El-Klasiko"da ishtirok etgan futbolchilar tiklanish mashqlarini bajargan boʻlsa, qolganlar kuchliroq mashgʻulotlar oʻtkazdi, deb xabar beradi Marca. Levandovski ushbu hafta oʻzini qanday his qilishi asosida, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan "Elche"ga qarshi Ispaniya chempionati oʻyinida maydonga tushishi mumkin.

Bellashuv 2-noyabr kuni oʻtkaziladi. Eslatib oʻtamiz, yakshanba kuni "Barselona" Levandovskisiz Madridning "Real" jamoasiga mehmonda 1:2 hisobida magʻlub boʻlgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Levandovski safga qaytdi