
Dunyoning yetakchi sport brendlaridan biri bo‘lgan Nike navbatdagi texnologik yangiligini e’lon qildi. Kompaniya o‘zining rasmiy sahifasi orqali “Project Amplify” nomli motorli krossovkalar prototipini ommaga taqdim etdi. Bu innovatsion loyiha hozircha tajriba bosqichida bo‘lib, kelajakda sport va kundalik yurishlarga inqilobiy o‘zgarish olib kelishi kutilmoqda.
“Project Amplify” — bu foydalanuvchining yurish yoki yugurish harakatini aniqlab, harakatga yordam beruvchi motorlar bilan jihozlangan krossovkadir. Qurilma ichida joylashgan sensorlar va batareyali tizim orqali oyoq harakati tahlil qilinadi va unga qo‘shimcha impuls beriladi. Bu esa yurishni yengillashtiradi va charchoqlarni kamaytiradi.
Nike ushbu texnologiyani reabilitatsiya jarayonida, uzoq masofaga yuradigan sportchilar va keksa yoshdagi yurish qiyin bo‘lgan foydalanuvchilar uchun alohida foydali deb hisoblamoqda.
Hozircha bu model ommaviy ishlab chiqarish uchun emas, balki prototip sifatida ishlab chiqilgan. Nike kompaniyasi foydalanuvchilardan fikrlar yig‘ib, kelajakdagi modelda qulaylik va samaradorlikni oshirishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!