date

“OpenAI bastakor bo‘lyapti” — endi sun’iy intellekt qo‘shiq yozadi

“OpenAI bastakor bo‘lyapti” — endi sun’iy intellekt qo‘shiq yozadi

Sun’iy intellekt endi so‘z va surat bilan cheklanmaydi — u endi qo‘shiq yozishni ham o‘rganmoqda. OpenAI kompaniyasi musiqa yaratish bo‘yicha yangi platforma ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bu loyiha doirasida OpenAI dunyoning eng nufuzli san’at maktablaridan biri — Julyard instituti bilan hamkorlik qilmoqda. Maqsad — sun’iy intellektni musiqani chuqur tushunishga o‘rgatish. Mutaxassislar ballarni izohlab, tizimni haqiqiy kompozitorlar kabi “fikrlash”ga yaqinlashtirishmoqda.

Yangi tizim noldan musiqa bastalay oladi, mavjud qo‘shiqlarga esa yangi ovozlar, cholg‘u yoki effektlar qo‘sha oladi. Masalan, vokal trekka orkestrlash elementlarini avtomatik tarzda qo‘shish yoki oddiy ohangni to‘liq kompozisiyaga aylantirish imkonini beradi.

Ekspertlar bu loyiha OpenAI’ni musiqiy SI bozorida yangi bosqichga olib chiqishini aytmoqda. Hozircha bu sohada Suno va Udio kabi loyihalar yetakchilik qilmoqda, ammo OpenAI’ning imkoniyatlari va resurslari bu raqobatni o‘zgartirishi kutilmoqda.

Texnik jihatlar hozircha sir tutilmoqda. Xizmat ChatGPT yoki Sora kabi mahsulotlarga integratsiya qilinadimi yoki alohida platforma sifatida chiqadimi — noma’lum. OpenAI vakillari bu borada izoh berishdan tiyilgan.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya ilgari ham shu yo‘nalishda ishlagan: 2019 yilda MuseNet nomli instrumental musiqa yaratuvchi tizim, 2020 yilda esa Jukebox — so‘z va ovoz bilan to‘laqonli qo‘shiqlar yaratadigan sun’iy intellektni taqdim etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “OpenAI bastakor bo‘lyapti” — endi sun’iy intellekt qo‘shiq yozadi