date

IIBB sun’iy intellekt bilan bog‘liq yangi turdagi xavfni e’lon qildi

IIBB sun’iy intellekt bilan bog‘liq yangi turdagi xavfni e’lon qildi
Toshkent shahar IIBB, sun’iy intellekt orqali amalga oshirilayotgan yangi turdagi firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, firibgarlar mashhur shaxslar yuzini sun’iy intellekt orqali “qo‘shib” fuqarolarga ehson yoki pul mukofoti haqida yolg‘on xabar tarqatmoqda. Bu xabarlar maxsus havolalar bilan birga yuborilmoqda.

Fuqaro havolani bosganida shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanishi va bank kartasidan pul yechib olinishi mumkin. Hatto kartada hozircha pul bo‘lmasa ham, keyin tushadigan mablag‘lar avtomatik ravishda yechib ketilishi xavfi bor.

Fuqarolardan bunday holatlarga uchraganda “102” raqamiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » IIBB sun’iy intellekt bilan bog‘liq yangi turdagi xavfni e’lon qildi