Meta’ning Facebook va Instagram tarmoqlarida ba’zi ayollar homila yo‘qotganidan keyin ham bolalar va homiladorlik reklamalarini ko‘rishda davom etmoqda. Bu ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilgan. Britaniyalik Sammi Klakson besh marta homila yo‘qotganini va bu reklamalar unga og‘ir bo‘lganini aytgan.
Taniya ismli ayol Facebook’ni shaxsiy ma’lumotlardan foydalangan holda reklama yuborishda ayblab, sudga murojaat qilgan. Shundan so‘ng kompaniya ayrim foydalanuvchilarga bunday reklamalarni to‘xtatishga rozi bo‘lgan.
Rianon Louson ismli ayol ham farzandini yo‘qotgach, telefonida bolalar mahsulotlari va homiladorlik ilovalari reklamalarini ko‘rayotganini aytgan. U buni og‘riqli deb atagan.
Meta foydalanuvchilarga reklamalarni cheklash imkoniyati borligini bildirgan, ammo ko‘pchilik bu sozlamalar ishlamayotganini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!