
Xitoy qayta tiklanadigan energiya sohasida yana bir muhim yutuqqa erishdi — mamlakatda dunyodagi eng katta suzuvchi shamol turbinasi faoliyat boshladi.
- Quvvati: 16 megavatt
- Qanot maydoni: 7 ta futbol maydoniga teng
- Joylashgan joyi: Guanssi-Juang avtonom viloyati, Beyxay shahri
Ushbu ulkan inshoot 50 metr chuqurlikdagi suvda sinovdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng milliy elektr tarmog‘iga ulanadi. Turbina yiliga taxminan 44,7 million kVt/soat energiya ishlab chiqaradi — bu 4 mingga yaqin uy xo‘jaligini elektr bilan ta’minlashga yetarlidir.
Loyihaning barcha qismlari, jumladan turbina reduktori va ballast boshqaruv tizimi, to‘liq Xitoyda ishlab chiqarilgan. Bu mamlakatning texnologik mustaqillikka intilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Qurilma dinamik ballast tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u shamol va to‘lqin kuchiga qarab suv oqimini moslashtirib turadi. Bu yechim turbinaning barqaror ishlashini ta’minlaydi va og‘ir dengiz sharoitida ham yuqori samaradorlikni saqlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.