date

Quyoshda Yerga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan plazma paydo bo‘ldi

Quyoshda Yerga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan plazma paydo bo‘ldi

Olimlar Quyosh yuzasida g‘ayrioddiy, katta plazma yig‘indisini aniqladilar. Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar bu holat yana 3–4 kun saqlanib tursa, energiya chiqindisi Yer atmosferasi va magnit maydoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyosh hozirda o‘z energiyasini qism-qism qilib chiqarishga urinayotgan, ammo bu jarayon to‘liq amalga oshmayapti. Shu bois katta plazma oqimi hozircha Quyosh yuzasida “turib qolgan”.

Rossiya Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ekspertlari 90 foiz ehtimol bilan energiya oqimi yaqin vaqtda to‘liq kosmosga chiqib ketishini taxmin qilmoqda. Olimlar bu jarayonni diqqat bilan kuzatishni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyoshda Yerga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan plazma paydo bo‘ldi