Astronomlar tomonidan Oyga to‘qnashgan yirik asteroidning ta’siri aks etgan lavhalar internetda keng tarqaldi. Ushbu hodisa kunduzi ro‘y bergani bois, uni teleskop yordamida tasvirga olish imkoni bo‘ldi, deb “Rossiya gazetasi” yozdi.
Ma’lumki, Oyda atmosfera mavjud emas. Shu bois unga yaqinlashgan asteroidlar va boshqa osmon jismlari Yerdagi kabi yonmaydi, balki butun hajmida to‘g‘ridan to‘g‘ri sirtga yetkazib beradi. Boshqa tomondan, atmosferaning yo‘qligi sababli ularni tunda aniq kuzatish juda qiyin.
Urilgan asteroid juda katta bo‘lib, Yerdagi yirik shahar o‘lchamida bo‘lgan. Uning Oyga ta’siri natijasida katta chang buluti ko‘tarilgan va yangi krater yuzaga kelgan. Oy yuzini qoplagan kraterlar aynan shunday to‘qnashuvlarning ko‘p yillik izlaridir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!