O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri, general-polkovnik Rustam Ahmedov vafot etdi, deb Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Marhum 1943 yil 10 noyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tavallud topgan. 1965 yilda Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtini, 1985 yilda esa Zirhli tank qo‘shinlari harbiy akademiyasini tamomlagan.
U o‘z xizmat faoliyatini 1966 yilda tank vzvodi komandiri lavozimida boshlab, keyinchalik katta qo‘mondonlik lavozimlarigacha ko‘tarilgan. 1991–1992 yillarda Mudofaa ishlari vaziri va Milliy gvardiya qo‘mondoni, 1992–1997 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Rustam Ahmedov nafaqat mudofaa tizimida, balki 1997–1998 yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida ham xizmat qilgan. 1998 yilda nafaqaga chiqqan, 2018–2020 yillarda mudofaa vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.
U ko‘plab mukofot va ordenlar bilan taqdirlangan: 1993 yilda “Faxriy yorliq”, 1995 yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni va 2018 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan.
O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov vafot etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar