Jalolobod Qirg‘iziston poytaxtiga aylanishi mumkin

1 daqiqa o'qish1.7K
Jalolobod Qirg‘iziston poytaxtiga aylanishi mumkin

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qilishicha, 2026-yilda sobiq Jalolobod, hozirgi Manas shahriga respublika ahamiyatidagi uchinchi shahar maqomi beriladi, deb Uz24.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim siyosatchilar Manas poytaxt bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. “Agar biz bunga munosib bo‘lsak, nega yo‘q? Vaqt ko‘rsatadi. Biroq bu uchun shahar ham, xalq ham tayyor bo‘lishi kerak. Poytaxt bo‘lish oson emas — katta mablag‘, yangi infratuzilma va zamonaviylik talab etiladi”, — dedi Tashiyev.

Tashiyevning ta’kidlashicha, Jalolobodning Manas deb qayta nomlanishi strategik jihatdan to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Shahar mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynay boshlagan va endi yangi maqomga loyiq sanaladi.

Hozirda Manas shahrida keng ko‘lamli qurilish va infratuzilma ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, u Qirg‘izistonning eng zamonaviy va rivojlangan markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentyabr kuni Jalolobod shahri nomi rasman Manas deb o‘zgartirilgan. Hozirda shaharda 184 mingdan ortiq aholi yashaydi, ularning taxminan 30 foizi o‘zbek millati vakillaridir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?