date

Xitoyda minglab mashinalar 24 soat tirbandlikda qoldi

Xitoyda minglab mashinalar 24 soat tirbandlikda qoldi
Xitoyning Anxoy provinsiyasida minglab avtomobillar mamlakatdagi eng yirik yo‘l to‘lov punkti — Uchjuan bekatida uzoq tirbandlikda to‘xtab qoldi, deb mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Harakat har ikki yo‘nalishda ham 36 ta qatnov bo‘lagiga bo‘linganiga qaramasdan, sayohatchilar bir necha soatlab tirbandlikda turishga majbur bo‘lishdi.
Tirbandlik Milliy bayram va Kuz o‘rtalari festivali munosabati bilan 8 kunlik ta’tilning so‘nggi kunida yuzaga keldi.

Eng kuchli tirbandlik G40 (Shanxay–Sian) va G42 (Shanxay–Chendu) milliy avtomagistrallar chorrahasida kuzatildi.
Uchjuan bekati bir hafta davomida 860 mingga yaqin avtomobilni qabul qildi, kunlik o‘rtacha harakat hajmi 120 mingga yetdi, bu odatdagidan uch barobar ko‘pdir.
Tirbandlik oqibatida odatda 10 soat davom etadigan sayohat 16 soatga cho‘zildi.

Yo‘llardagi harakatni tiklash maqsadida 60 dan ortiq evakuatsiya va qutqaruv mashinalari jalb etildi.
Shuningdek, 20 ta navbatchi brigadalar magistral bo‘ylab joylashtirildi.
Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ta’til kunlarida butun mamlakat bo‘ylab 2,43 milliard mintaqalararo sayohat amalga oshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda minglab mashinalar 24 soat tirbandlikda qoldi