
AQSHning Kolorado universiteti olimlari Alyaskadagi abadiy muzliklardan taxminan 40 ming yil davomida muzlab yotgan qadimgi mikroorganizmlarni “uyg‘otishga” muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Wionews xabar berdi.
Tadqiqotchilar muzlagan tuproq va muz namunalarini isitganda, “o‘lik” deb hisoblangan mikroblar asta-sekin tirilish belgilarini ko‘rsatgan.
Namunalar Alyaskaning Ferbenks shahri yaqinidagi “muzlik qabristoni” deb ataluvchi tunneldan olingan. Bir necha oy +3 dan +12 darajagacha bo‘lgan haroratda saqlanganda, mikroblar bioplyonka — yo‘qotish qiyin bo‘lgan shilimshiq qatlam hosil qilgan.
Olimlarning fikricha, bu mikroorganizmlar odamlar uchun xavfli emas, ammo iqlim o‘zgarishini kuchaytiruvchi metan va karbonat angidrid chiqarishi mumkin.
Olimlar global isish tufayli muzliklarning eriy borishi “qadimgi viruslarning qayta faollashishi” xavfini kuchaytirayotganini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.