date

Donald Tramp nabirasi bilan golf maydoniga bordi

Donald Tramp nabirasi bilan golf maydoniga bordi

AQSH prezidenti Donald Tramp nabirasi Kay bilan golf o‘ynadi. Kay Tramp bu lahzalarni o‘zining YouTube kanalida joylab, bobosi bilan samimiy suhbat videosini e’lon qildi.

Videoda Kay bobosidan Oq uyda ishlar qanday ketayotganini so‘raydi. Tramp shunday javob bergan:

“Hammasi yaxshi. Men yettita urushga chek qo‘ydim va Putin bilan Zelenskiyni tinchlikka ko‘ndirishga umid qilyapman. Iqtisodiyot ham juda yaxshi o‘smoqda.”

Suhbat ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi. Tramp tinch va iliq kayfiyatda ko‘ringan, nabirasi bilan yaxshi suhbat qurgan. Golf maydonidagi bu lahza uning oilaviy mehr va tinchlik haqidagi qarashlarini yana bir bor namoyon etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp nabirasi bilan golf maydoniga bordi